Rossiya universitetlarida 2026-27 öquv yili uçun tölovli örinlar sonini taxminan 45 mingtaga kamaytiriş rejalaştirilmoqda — bu barça pulli örinlar umumiy sonining 13 foiziga teng. Bu haqda Rossiya oliy ta’lim va fan vaziri Vitaliy Falkov duşanba kuni, 22 dekabrda, “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Bundan taşqari, nodavlat (xususiy) OTMda tölovli örinlarni deyarli 20 foizga qisqartiriş rejalaştirilmoqda. Xususan, tölovli örinlar “Iqtisod”, “Menejment”, “Davlat va munitsipal boşqaruv”, “Yurisprudensiya”, “Reklama va jamoatçilik bilan aloqalar” yönalişlari böyiça kamaytiradi. “Biz mehnat bozoriga bunça mutaxassis kerak emasligini tuşungan edik”, — deya Falkov sözlarini keltiradi “Interfaks” agentligi.
Özgarişlar 1 sentabrdan kuçga kirgan, universitetlarda tölovli qabulni davlat tomonidan tartibga soliş haqidagi qonun bilan boğliq. Unga köra, Rossiya hukumati OTM uçun avvalgidek faqat budjet örinlari böyiça emas, balki tijoriy (pulli) örinlar böyiça ham maksimal çegarani belgilaş imkoniyatiga ega böladi. Hokimiyatlar bu orqali tölovli ta’lim sifati oşişi va uni mehnat bozori ehtiyojlariga yaqinlaştirişni istamoqda.
“Ayrim universitetlar, ularning köpçiligi xususiy, agar ulardan sifatsiz ta’lim segmenti olib taşlansa, ular umuman mavjud bölmay qola boşlaydi — bu, umuman olganda, yaqin vaqt içida sodir böladi”, — deb qöşimça qildi Falkov.
Uning aytişiça, oliy ta’lim özgarişlarni talab qiladi, çunki “universitetlar har doim ança erkin (xotirjam) yaşab kelgan”. “Ular (talabalarni — tahr.) mehnat bozoriga kim kerakligi haqida öz tasavvurlaridan kelib çiqqan holda tayyorlar edi. Va odatda şunga tayanardi: agar ularning dasturlariga talab bölsa, demak dastur oçiş, budjet örin söraş, tölovli örinlarga qabul qiliş uçun şuning özi yetarli”, — dedi Falkov.
Şuningdek, noyabr oyida RBK agentligi xabar berişiça, hukumat OTMda tölovli örinlarning eng köp sonini aniqlaş qoidalari va bunday örinlar soni çeklanadigan yönalişlar röyxatini tasdiqlagan. Bu masala bilan hukumat huzuridagi ilmiy-texnologik rivojlaniş komissiyasi şuğullanadi.
17 dekabr kuni Moskva şahar pedagogika universiteti (MGPU) — u poytaxt hukumati tomonidan taşkil etilgan — talabalarga 2026 yil 1 sentabrdan pedagogik bölmagan yönalişlar yopilişi haqida xabar bergan. Gap “Sotsiologiya”, “Reklama va jamoatçilik bilan aloqalar” hamda “Dizayn” yönalişlari haqida ketmoqda. Universitet bu qarorni asosiy vazifa — “Moskva maktablari uçun yuqori malakali pedagoglar tayyorlaş”ga e’tiborni jamlaş istagi bilan izohlagan.












