Adliya vazirligi OTMni kompleks davlat akkreditatsiyasidan ötkazişda baholaş mezonlari böyiça indikatorlarni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqami: 3732-son, 23.12.2025 y.).

“Ta’lim töğrisida”gi qonunning 58-moddasiga köra, oliy ta’limni amalga oşiruvçi davlat va nodavlat ta’lim taşkilotlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks davlat akkreditatsiyasidan ötkaziladi.

Qayd etilişiça, mazkur idoraviy hujjat bilan 8 ta yönaliş doirasidagi 47 ta mezon böyiça akkreditatsiyada foydalaniladigan jami 271 ta indikator belgilangan. Ulardan 19 tasi (7 foiz) majburiy indikatorlar, 252 tasi (93 foiz) esa umumiy indikatorlar hisoblanadi. Indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.

Belgilangan tartibga köra:

  • indikatorlarning 50 foizigaça qismi “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas”;
  • 50 foizdan 70 foizgaça “muvofiq” bölsa — mezon “qisman muvofiq”;
  • 70 foiz va undan ortiq “muvofiq” bölsa — mezon “muvofiq” deb topiladi.

Şuningdek, majburiy indikator “muvofiq emas” deb baholangan taqdirda, umumiy natijadan qat’i nazar, tegişli mezon “muvofiq emas” deb hisoblanişi belgilandi.