O‘zbekiston | 16:29 / 13.09.2020
4899
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Artel kompaniyasi Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini tikladi

Joriy yilning 6 sentabr kuni Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Artel kompaniyasi rasmiy shou-rumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi vakillari, Afg‘oniston savdo-sanoat palatasi a'zolari, hamda Balx viloyati vakillari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Afg‘onistondagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yaxshilashda faol qatnashmoqda. Energetika, ta'lim-tarbiya va iqtisodiyot sohalarida turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilda davlatlar orasidagi savdo-sotiq 20% ortiqqa oshdi. Ikki davlat orasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlanishiga Artel kompaniyasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Joriy yilning 6 sentabr kuni ochilgan yangi Artel shou-rumi esa buning yorqin misolidir.

Yangi shou-rum Artel kompaniyasining Afg‘onistondagi hamkori bo‘lmish BABUR SAMIM Co LTD. bilan birgalikda ochildi. Hamkorlar orasidagi kelishuvga muvofiq Artel kompaniyasi Afg‘onistonga yirik va kichik maishiy texnikalar qatorini eksport qiladi. Yilning oxirigacha eksport miqdorini 1 mln AQSh dollarigacha oshirish rejalashtirilgan.

Afg‘oniston Artel texnikasi eksport qilinayotgan 10 davlatga aylandi. Kompaniya eksport hududini jadal kengaytirmoqda va yaqin orada chet el davlatlari bilan bir qator hamkorlik kelishuvlarini imzolashni rejalashtirgan.

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid