Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi
“Tungi vaqt” – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr” – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilanadi.
Adliya vazirligi tomonidan prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar ta’siridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
- zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb e’tirof etish;
- “Tungi vaqt”ni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilash;
- 2024 yil 1 yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar;
- “Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar yagona geoaxborot portali” tizimini yaratish hamda mas’ul xodimlarni tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘qitish;
- hidlar va yorug‘lik shovqinlari bo‘yicha sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va buzish ishlarida changning chiqishi va atrof-muhitga tarqalishini oldini olish imkonini beradigan zamonaviy suvni purkaydigan (mikroklimat) texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rish.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
-
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor
Jahon | 18:16
-
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
Jahon | 17:35
-
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston | 17:21
Mavzuga oid

17:32 / 30.11.2024
Transport shovqini stress va bezovtalikni kuchaytiradi - tadqiqot

13:37 / 02.07.2024
O‘zbekistonda tunda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda

13:49 / 28.12.2022
«Qachon tinasan, taq-tuq?» – qurilish-ta’mirlashlar shovqinidan aziyat chekayotgan aholi

16:45 / 29.01.2022