Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazorda Hongqi va BYD to‘qnashdi
3 dekabr kuni Olmazor tumanida KHAY ko‘chasida Hongqi va BYD rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 3 dekabr kuni soat 10:25 larda Olmazor tumani, KHAY ko‘chasi 20/3-uy qarshisida Hongqi rusumli avtomashina va BYD rusumli avtomashina to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida har ikkala avtomashina haydovchilariga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda FVB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchi va yo‘lovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik va yo‘lda ehtiyotkorlikni yanada kuchaytirishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026