Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
To‘rt kishi halok bo‘lgan.
Belgiyaning Byuggenhaut shahrida maktab mikroavtobusi poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida 12 va 15 yoshlardagi ikki o‘quvchi hamda katta yoshli ikki kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy VRT telekanali ma’lumotiga ko‘ra, temiryo‘l kesishmasida ro‘y bergan avariya vaqtida mikroavtobusda yetti nafar bola, 27 yoshli kuzatuvchi hamda 49 yoshli haydovchi bo‘lgan.
Tirik qolgan besh nafar bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, ularning holati barqaror ekani aytilmoqda. Prokuratura holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.
Belgiyadagi Infrabel temiryo‘l operatori vakili Tomas Bakenning mahalliy televideniyega ma’lum qilishicha, to‘qnashuvdan oldin, Byuggenhautdagi stansiyaga yaqinlashayotganida poyezd tezlikni kamaytirgandi.
U kuzatuv kameralaridan olingan kadrlar kesishmada qizil chiroq yongani, shlagbaum esa tushirilgan holatda bo‘lganini tasdiqlashini qo‘shimcha qilgan.
«Avariya qanday sodir bo‘lganini bilmaymiz. Buni politsiya va prokuratura aniqlashi kerak», – degan Baken.
Belgiya federal politsiyasi vakili An Berger to‘qnashuv ertalabki soat sakkiz atrofida ro‘y berganini ma’lum qilgan.
«Mikroavtobus alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar maktabiga ketayotgan edi. Gap asosan o‘rta maktab o‘quvchilari haqida ketmoqda», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Bergerning so‘zlariga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi temiryo‘l izlariga parallel bo‘lgan yo‘ldan harakatlangan, keyin esa chapga, kesishmaga burilgan.
Uning aytishicha, shu paytda Byuggenhaut orqali o‘tayotgan poyezd mikroavtobusni urib ketgan. Voqea joyidan olingan kadrlarda mikroavtobus bir tomonga ag‘darilganini ko‘rish mumkin.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, poyezd yo‘lovchilaridan hech kim jabrlanmagan, faqat bir kishiga shok holati tufayli yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026