Namanganda YPX xodimini maşinada urib ketib, ölimiga sabab bölgan 24 yoşli haydovçi jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Hilqat TV telekanali xabar berdi. 

YTH 2025 yil 21 noyabr kuni tungi vaqtda Davlatobod tumanida sodir bölgan. YPX xodimlari tomonidan Onix maşinasiga töxtaş işorasi berilgan. Biroq tegişli hujjatga ega bölmagan haydovçi xodimlarga böysunmasdan qoçişga uringan.

Şu vaqtda ratsiya orqali oldinroqda xizmat olib borayotgan katta serjant Vahobjon Möminovga mazkur maşinani töxtatiş çorasini köriş yuzasidan xabar berilgan. Vahobjon Möminov haydovçiga töxtaş işorasini bergan vaqtda haydovçi yuqori tezlik bilan xodimni urib yuborib, unga oğir tan jarohati yetkazgan.

Körilgan tezkor harakatlar natijasida transport vositasining harakati çeklanib, haydovçi qölga olingan. Katta serjant Vahobjon Möminov şifoxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

JIB Namangan şahar sudi hukmi bilan sudlanuvçi I.B. Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş) 2-qismi, 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölişiga sabab bölişi) va 117-moddasi 2-qismida (xavf ostida qoldiriş odam ölişiga sabab bölişi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 3 yil muddatga maşina boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.

Ikki qiz va bir öğilning otasi bölgan 42 yoşli Vahobjon Möminov 2007 yildan içki işlar organlarida xizmat qilib kelgan.