Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor o‘quvchi-qizlar o‘rtasida “Qizlarjon” sammiti bo‘lib o‘tadi
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi
Joriy yilning 23-26 mart kunlari Samarqand shahrida ilk bor “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligining hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Mazkur sammit o‘quvchi-qizlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o‘rgatish, shuningdek milliy urf-odat va an'analar ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlab umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida tashkil etiladi.
Sammitda Respublika bo‘yicha har bir hududdan 10 nafardan 14-18 yoshdagi 8-11 sinf o‘quvchi-qizlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishi mumkin:
- “Qizlarjon” klubi koordinatorlari;
- xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
- hunarmandlik bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi-qizlar;
- innovatsion g‘oyalar muallifi bo‘lgan o‘quvchi-qizlar;
- AKT sohasi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi-qizlar;
- fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirgan o‘quvchi-qizlar;
- fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy sardorlari;
- profilaktik hisobdagi o‘quvchi-qizlar (tarbiyasi yaxshilanayotgan).
O‘quvchi-qizlar suhbat asosida ijtimoiy jarayonlardagi faolligi, Vatani tarixi va buguni haqida ma'lumotga egaligi, xorijiy tillarni mukammal bilishi, liderlik ko‘nikmalari shakllanganligi, ta'lim, ijtimoiy sohalardagi xorij tajribasi bilan tanishligi, tanqidiy va tahliliy tafakkurining rivojlanganligi inobatga olingan holda saralanadi.
Sammit doirasida o‘quvchi-qizlar bilim-ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli mahorat darslari, tadbirlar va TED-Ed klublarini tashkil etish va yuritish sirlari, Soft skills ko‘nikmalari, Zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tadbiq etish usullari, Innovatsion menejment, marketing va PR orqali investitsiyalarni jalb etish kabi mavzulardagi treninglarda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
18:08 / 17.12.2025
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
18:48 / 27.11.2025
Yaponiya Markaziy Osiyo bilan birinchi sammitni o‘tkazishga tayyorlanmoqda
16:44 / 16.11.2025