Toşkentdagi Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammiti yakunlari böyiça OAV bilan gaplaşgan Abdulaziz Komilovga köra, endi mintaqa integratsiya tomon yanada ildam qadam taşlamoqda. Markaziy Osiyodagi hamkorlik aloqalarida esa bu inqilob yasaydi. Ozarboyjonning formatga qöşilişi esa Janubiy Kavkaz bilan birgalikda yangi geosiyosiy mintaqani yaratdi.

Özbekiston prezidentining taşqi siyosat böyiça maslahatçisi Abdulaziz Komilov media vakillari bilan gaplaşar ekan, Toşkentdagi sammit yakunlarini yuqori baholadi. Bunga bir qator sabablar bor. Avvalo, endi mintaqa davlatlari hamkorlik aloqalarida inqilobiy qadam taşlamoqda – Markaziy Osiyo integratsiyasi tomon ildam qadam taşlanyapti.

Bundan taşqari, Ozarboyjon rasman Markaziy Osiyo davlatlari maslahat uçraşuvi sammitlarida doimiy qatnaşadigan böldi. Ya’ni formatning doimiy a’zosi. Bu esa Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz örtasida yangi geosiyosiy makonni yaratadi.

Uning qöşimça qilişiça, sammitda berilgan takliflar bir-biriga juda yaqin.

Markaziy Osiyoning birlaşuvi haqida gap ketganda ekspertlardan turliça fikrlar yangraydi. Masalan, integratsiyaga mintaqadagi davlatlar turliça köz bilan qaraşi haqida tahlillar köp. Lekin prezident maslahatçisiga köra, hozir har beş davlat buning tarafdori bölmoqda.

-Siz aytayotgan mana şu regional integratsiyaga barça davlatlar qanday qaraydi? Umuman olganda, ularning hammasi ham xohlaydimi integratsiyani?

-Albatta.

Ma’lumot örnida aytiş joizki, keyingi maslahat uçraşuviga Turkmaniston mezbonlik qiladigan böldi.

Şohrux Majidzoda tayyorladi.