O‘zbekiston | 18:38 / 12.04.2017
26014
3 daqiqa o‘qiladi

Notarius bo‘lish uchun nimalar talab etiladi?

“Notariat to‘g‘risida”gi qonunga asosan notarius lavozimga talabgorlar yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkinligi belgilangan. 

Amaliyotda notarius lavozimi zaxirasini malakali kadrlar bilan ta'minlash va bo‘sh notarius o‘rinlarini yuqori malakali hamda yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslarni tayinlashda qiyinchiliklar vujudga kelmoqda.

Shu bilan birga, ma'lumki notarius lavozimiga Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyada tanlovda g‘olib bo‘lgan talabgorlar tayinlanadilar. Lekin, ayrim olis hududlarda kadrlar yetishmovchiligi, talabgorlarning ushbu o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etmasligi notarius lavozimi ko‘p yillar davomida bo‘sh bo‘lishi, oqibatda mahalliy aholining notarial harakatlarga bo‘lgan ehtiyoji o‘z vaqtida qondirishning imkonini bermaydi. Ushbu holat notariuslarning rotatsiya qilishni tizimini joriy etishni taqozo qiladi.

Shuningdek, “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra notariuslar oddiydan murakabgacha bo‘lgan notarial harakatlarni, jumladan, hujjatlar nusxalarini, vasiyatnomalar, hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini, shahodatlash, mulkni tasarruf etish haqidagi bitimlarni, garov (ipoteka) shartnomalari, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish kabi notarial harakatlarni amalga oshiradi.

Harakatlar strategiyasida Notariat va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tizimini isloh etish belgilandi.

Xususan bosqichma-bosqich notariatning faol byudjyetdan tashqari modeliga o‘tish va uni fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantirish;

notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish;

notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish;

notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish;

majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullashtirish;

notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibini belgilash;

davlat bojini elektron to‘lov tizimidan foydalangan holda qabul qilish tartibini joriy etish;

muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar to‘g‘risida ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

FHDYo organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish.

Mavzuga oid