“Notariat institutini yanada rivojlantiriş hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga köra, 2026 yil 1 martdan BHMning 1000 baravarigaça bölgan quyidagi nizosiz talablar böyiça notariuslar tomonidan ijro xatlari yoziş tartibi joriy etiladi:

🔹 notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab;
🔹 yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bölgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilişining ta’minoti bölgan köçar mol-mulkka qaratiş töğrisida talab;
🔹 ijara tölovlari, köp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badal va tölovlar, kommunal va aloqa xizmatlari böyiça qarzdorlikni undiriş töğrisida talablar.

Şuningdek, 2026 yil 1 apreldan Özbekistonda notarius lavozimida bölişning eng yuqori yoş çegarasi 65 yoşdan 70 yoşga oşiriladi.

Bunda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi  tomonidan ötkaziladigan suhbat natijasiga köra notarius öz roziligi bilan iş faoliyatini 70 yoşgaça amalga oşirişi mumkin.