Light | 16:26 / 22.09.2018
16253
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo okeanida chiqindining qaysi turi ko‘p to‘kiladi?

Foto: Imgur

Sigaret qoldiqlari dunyo okeanidagi odam tomonidan ishlab chiqarilgan eng keng tarqalgan chiqindiga aylandi. Cigarette Butt Pollution (“Sigareta qoldiqlari bilan ifloslantirish”)ning ta'kidlashicha, dunyoda ishlab chiqariladigan 5,5 trillion sigaretning ko‘p qismi tarkibida sellyuloza atsetatidan tayyorlangan plastik asosidagi filtr bor.

Bunday sigaret sotib olinib, chekib bo‘lingach, uning qoldig‘i tashlab yuborilganida filtrlar o‘n yillar davomida chirishi mumkin. Plastikning yemirilishi davomida kimyoviy moddalar yovvoyi tabiat tomonidan iste'mol qilinadi. Atrof-muhit tadqiqotchilari ushbu kimyoviy modda qoldiqlari 70 foiz dengiz qushlari va 30 foiz dengiz toshbaqalarida mavjudligini qayd etishgan.

Sigaret qoldiqlari okeanni ifloslantirmoqda

«Bularning bari bilan  nima sodir bo‘lishini aniqlash uchun ko‘proq  tadqiqot o‘tkazish kerak» deydi dengizlarni tozalash bo‘yicha Ocean Conservancy kompaniyasi direktori Nik Mallos. «Masala bu mikroplastik va boshqa chiqindilar inson salomatligiga qanday ta'sir ko‘rsatishini  o‘rganishdan iborat».

Okeanda to‘planayotgan chiqindilar to‘g‘risidagi suhbat dunyodagi yirik kompaniya va shahar tumanlarining biochiqindilarni yaratishning yangi usullarini izlagani sari tobora yangicha tus olmoqda.

Mavzuga oid