Dunyo okeani yuzasi 1980 yillar oxiridagiga qaraganda tört barobar tezroq isiyapti, degan xulosaga keldi Reding universiteti olimlari. Bloomberg xabar berişiça, bu 2023 va 2024 yillarda kuzatilgan ekstremal haroratga izoh böla oladi.

Tadqiqot muallifi Kristofer Merçantning ta’kidlaşiça, dunyo okeani haroratining keskin kötarilişi butun ekotizimga — marjon qoyalardan tortib baliq ovlaşgaça halokatli ta’sir körsatadi.

Bundan taşqari, okeanlarning isişi tez-tez sodir böladigan tabiiy ofatlar — böronlar, dovullar, toşqinlar va örmon yonğinlarining asosiy sababi hisoblanadi. Tadqiqotlar körsatişiça, yaqin 20 yil içida okeanlar harorati oldingi 40 yilga nisbatan yanada kuçliroq kötariladi.

Xususan, 2023 yilda dunyo okeani harorati 1981—2010 yillardagi örtaça körsatkiçlardan 0,6 gradusga oşdi. 2024 yilda esa, quruqlikdagi hududlar tezroq isişi tufayli, örtaça global harorat yanada yuqoriroq böldi.

Haroratning keskin kötarilişiga sabablardan biri El-Nino hodisasi bölsa, bu jarayonda inson omili ham muhim örin tutmoqda, deb ta’kidlaydi olimlar.

“Tadqiqot global isişning tezlaşişi va qazib olinadigan yoqilğidan foydalaniş örtasidagi bevosita boğliqlikni yana bir bor tasdiqlaydi”, — deydi Braun universiteti huzuridagi Atrof-muhit va jamiyat instituti direktori Kim Kobb.

Olimlar dengiz yuzasi harorati va Yerning energetik muvozanatini tahlil qildi. Natijada, okeanlar harorati har ön yilda 0,27 gradus tezlik bilan kötarilayotgani aniqlandi, holbuki 40 yil oldin bu körsatkiç 0,06 gradusni taşkil etgan. Olimlar buni issiqxona gazlari miqdorining ortişi va muzlarning tezroq erişi bilan boğlamoqda.

Tadqiqot mualliflari qazib olinadigan yoqilğidan imkon qadar tezroq voz keçişga va karbonat angidrid çiqindilarini kamaytirişga çaqirmoqda.