Turoperatorlarga avia va temir yo‘l chiptalari xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hujjat bilan Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Avia va temir yo‘l chiptalari xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha turoperatorlarga subsidiyalar ajratish tartibi belgilandi.
Qayd etilishicha, subsidiya kirish turizmini qayta tiklash boshlanganidan e'tiboran 2020 yil 31 dekabrgacha ajratiladi.
Subsidiya kuyidagi shartlarda beriladi:
a) xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (xorijiy turistlar) uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidagi joylashtirish vositalarida kamida 5 kecha tunashni uz ichiga olgan turni tashkil qilish;
b) har bir turistik guruh kamida 10 nafar xorijiy turistlardan iborat bo‘lishi.
Subsidiya xar bir tashkil qilingan tur uchun sotib olingan avia va temir yo‘l chiptalarining umumiy qiymatining 30 foizi miqdorida ajratiladi.
Turoperator subsidiya olish maqsadida Turizm qo‘mitasiga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) avia va temir yo‘l chiptalari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
b) O‘zbekiston hududida joylashgan joylashtirish vositalarida turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (kassa cheklari, bajarilgan ishlar dalolatnomalari va boshqalar);
v) turistik vaucherlarning nusxalari;
g) hisobot shakli.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
14:47 / 03.09.2024