O‘zbekiston | 10:40 / 11.06.2024
3305
2 daqiqa o‘qiladi
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi
Sudga qadar ish yurituvda protsessual qarorga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda alohida sudyalar - tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi.
“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan:
- jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;
- jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;
- jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi;
- tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi;
- tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Mavzuga oid
16:49 / 16.10.2024
Sobiq MXX binosi hududidan ko‘chirilgan daraxtlarga oid tergov ishi natijasi ochiqlanmayapti. Sukut ortida nima bor?
12:04 / 26.07.2024
Adolatsiz qaror chiqargan sudya 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:30 / 25.07.2024
Surxondaryo viloyat sudi sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
13:41 / 22.06.2024