Nurafşon tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi A.A. adolatsiz qaror çiqargani uçun sudlanib, ozodlikdan mahrum etildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 50 yoşli A.A. Nurafşon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimida işlab, ommaviy-huquqiy nizolar bilan boğliq işlarni köriş vaqtida öz mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan. U 2021-2022 yillar davomida 27 ta holatda Yer kodeksi, prezident, Vazirlar Mahkamasining tegişli farmon va qarorlari talablariga zid ravişda hokimlik hamda kadastr idoralarining yer (bino-inşootlar) bilan boğliq qarorlarini haqiqiy emas deb topib, ular zimmasiga majburiyatlar yuklaş haqida adolatsiz hal qiluv qarorlari qabul qilgan.
A.A. tomonidan qabul qilingan uşbu 27 ta hal qiluv qarorining barçasi Toşkent viloyat ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi qarorlari bilan bekor qilingan.
Sudya özi sudlanuvçi sifatida iştirok etgan sud majlisida aybiga iqror bölmasdan, faoliyati davomida işlarni körişda tegişli protsessual normaga tayangan holda qonunga amal qilganini, xolis yondaşganligini bildirgan. U mazkur hal qiluv qarorlarini qabul qilişida heç qanday moddiy manfaatdorlik bölmaganligini aytib, suddan adolatli hukm çiqarişni söragan.
Jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudining 2024 yil 4 iyuldagi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 231-moddasi 1-qismi (Oldindan bila turib, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror çiqariş) bilan aybli deb topilgan. Unga 2 yil sud idoralarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarida ötaş belgilangan.










