Prezident taqdimnomasiga asosan Muzaffar Ko‘kiyev besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi a’zosi – Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga saylandi.

Quyidagilar besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi lavozimiga saylandi:

— Xudoyqul Azizov;
— Asqarjon G‘ofurov;
— Ahrorxon Hoshimxonov.

Shuningdek, Qahramon O‘ljayev Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosi lavozimidan ozod qilindi.