Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 1,8 millionga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan
Qashqadaryoda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash eng og‘ir masalalardan biri hisoblanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
Foto: Milliy mass-media fondi
“Bugungi kunda 521 ta mahallada yashaydigan 1,8 millionga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan. Ayniqsa, Koson - 4 foiz, Dehqonobod - 6 foiz, Qamashida bu ko‘rsatkich juda past - 14 foiz. Qarshi shahri kanalizatsiya inshootidagi tozalash uskunalarining 60 foizi yaroqsiz ahvolda. Oqibatda, oqova suv tozalanmasdan ochiq suv manbalariga chiqarib tashlanmoqda. Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud 14 ta kanalizatsiya nasos stansiyalarining barchasi ta'mirga muhtoj.
Shu bois, kelgusi besh yilda markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 47 foizdan 80 foizga yetkaziladi. Bunda, 4 ming 300 kilometr ichimlik suvi va 360 kilometr kanalizatsiya tarmoqlari, 237 ta ichimlik suv va 2 ta oqova suv inshootlari barpo etiladi.
Jumladan, Koson, Muborak, Qamashi, G‘uzor tumanlari, Qarshi, Shahrisabz, Kitob shaharlarida ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 260 million dollar bo‘lgan 4 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada, ilgari ichimlik suvi yetib bormagan G‘uzor, Koson, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Kasbi, Muborak va Mirishkordagi 342 ta mahallaning 1,5 million aholisi toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlanadi. Ushbu ishlarga jami 3 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Ichimlik suvi tanqis bo‘lgan G‘uzor, Nishon, Kasbi, Mirishkor tumanlarining yer osti sho‘rlangan suvlarini qayta ishlab, iste'molga yo‘naltirish loyihasi amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, 5 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalar, 130 ta ko‘prik va sun'iy inshootni qurish-ta'mirlash uchun qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Xususan, kelgusi yilda “G‘uzor-Chim-Kukdala” avtomobil yo‘lining 35 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkaziladi. “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil trassasining 60 kilometr qismi xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilinadi.
Shuningdek, ichki yo‘llarni ta'mirlash va foydalanishning yangi tizimi joriy etiladi. Jumladan, har bir tuman va shaharda alohida jamg‘arma tashkil etilib, barqaror moliyaviy manbalar bilan ta'minlanadi. Ushbu jamg‘arma mablag‘larining 50 foizi jamoatchilik takliflari asosida shakllantirilgan loyihalarga sarflanadi.
Chiroqchida 471 kilometr, Dehqonobodda 385 kilometr, Qamashida 353 kilometr, Mirishkorda 226 kilometr, Kosonda 277 kilometr, Qarshi tumanida 284 kilometr ichki yo‘llar ta'mirlanadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
08:10 / 17.11.2025