Sport | 11:00 / 29.07.2018
6399
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chempionati. «Rostov» va Shomurodov mavsumni g‘alaba bilan boshladi va boshqa natijalar

Foto: Rostov

«Rostov» Rossiya Premer-Ligasining birinchi turida «Axmat»ni yengdi. Rostov-Dondagi «Rostov Arena» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol rostovliklar jamoasining islandiyalik hujumchisi Born Sigurdarson tomonidan urildi, u birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Sergey Parshivlyukning uzatmasini boshi bilan darvozaga joyladi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida Valeriy Karpin jamoasida zaxiradan maydonga O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov tushirildi.

RPLning ikkinchi turida «Rostov» Moskvaning TsSKA klubi mehmoni bo‘ladi, «Axmat» o‘z uyida «Yeniseyey» bilan o‘ynaydi. Ikki uchrashuv ham 5 avgust kuniga belgilangan.

Birinchi tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «Anji» safarda «Ural»ni yengdi (1:0). O‘yin taqdirini mehmonlar yarimhimoyachisi Anton tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. 83-daqiqada uning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasi «Anji»ga g‘alaba keltirdi.

Mehmonlar yarim himoyachisi, O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Dostonbek Hamdamov o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. 

«Orenburg» safarda «Spartak» bilan bellashdi va kichik hisobda yutqazdi. Yagona gol 4-daqiqada Jigo tomonidan urildi. Mehmonlar jamoasi safida o‘zbekistonlik  Vadim Afonin to‘liq harakat qildi.

Rossiya chempionati
1-tur
Rostov – Axmat 1:0
 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Sigurdarson.
Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Parshivlyuk, Kalachev (Guliyev, 69), Gatskan, Skopintsev (Mirzov, 63), Ionov, Yusupov, Sigurdarson (Shomurodov, 75).
Axmat – Gorodov, Utsiyev, Semenov, Anxel, Moxammadi, Shvets, Dumbiya, Roshi, Ismael (Musalov, 79), Berisha (Ivanov, 82), Sadayev (Pliyev, 28).
Chetlatish: Semenov (25).

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ural – Anji 0:1 
Gol: 0:1 – 83 Anton. 
Ural – Godzyur, Dinga, Merkulov (Yusupov, 87), Kulakov, Balajits, Dimitrov, El-Kabir, Yemelyanov, Bikfalvi, Yegorchev (Yevseyev, 63), Ilin.
Anji – Dyupin, Chanselor, Udaliy, Belorukov, Tetrashvili, Rabiu, Kulik, Chaykovskiy (Anton, 68), Gigolayev, Muhammad (Agalarov, 80), Ax'yadov (Markelov, 55).
Ogohlantirishlar: Gigolayev (24), Tetrashvili (41), Rabiu (52), Markelov (72).

Spartak – Orenburg 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 4 Jigo. 
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Yeshchenko, Kombarov, Glushakov (Popov, 82), Fernando, Lomovitskiy (Tashayev, 72), Zobnin, Promes (Timofeyev, 90), Ze Luish.
Orenburg – Frolov, Begich, Oyyevole, Terexov, Andreyev, Afonin, Popovich, Chirkin (Malyarov, 61), Chukanov (Kulishev, 57), Kozlov, Sutormin.
Ogohlantirishlar: Frolov (4), Oyyevole (36), Terexov (36).

Mavzuga oid