O‘zbekiston | 11:29 / 06.05.2021
1149
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda boqilayotgan parrandalar soni ma'lum qilindi

Foto: TASS/Raminder Pal Singh

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-mart holatiga viloyatda 5 million 963,2 ming bosh parrandalar mavjud. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 100,2 foiz.

2021 yilning yanvar-mart holatiga jami parrandalarning 5,3 foizi fermer xo‘jaliklari, 71,8 foizi dehqon xo‘jaliklari va 22,9 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida parrandalar soni:

  • Chiroqchi tumani – 787,6 ming bosh;
  • Shahrisabz tumani – 781,2 ming bosh;
  • Kitob tumani – 554,4 ming bosh;
  • Qamashi tumani – 507,8 ming bosh;
  • Koson tumani – 475,8 ming bosh;
  • Qarshi tumani – 457,6 ming bosh;
  • G‘uzor tumani – 451,4 ming bosh;
  • Yakkabog‘ tumani – 441,2 ming bosh;
  • Mirishkor tumani – 351,4 ming bosh;
  • Nishon tumani – 333,0 ming bosh;
  • Muborak tumani – 225,8 ming bosh;
  • Kasbi  tumani – 212,1 ming bosh;
  • Dehqonobod tumani – 185,8 ming bosh;
  • Shahrisabz shahar – 139,4 ming bosh;
  • Qarshi shahar – 58,7 ming bosh.

Mavzuga oid