Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘yin jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida 1 iyunda Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tadi.
Foto: UFA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida mezbon Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. O‘yin 2026 yil 1 iyunda Kanadaning Edmonton shahrida bo‘lib o‘tadi.
Kanada FIFA reytingida 27-o‘rinda bormoqda, O‘zbekiston esa 50-pog‘onadan joy olgan. Bungacha terma jamoalar o‘zaro faqat bir marta — 2016 yilda o‘ynagan va Kanada 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
O‘zbekiston milliy jamoasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. O‘zbekistonliklar K guruhida Kolumbiya, Portugaliya va saralashdan o‘tgan yana bir jamoaga (Yamayka, Yangi Kaledoniya yoki Kongo DR) qarshi o‘ynaydi.
Mavzuga oid
10:15 / 01.04.2026
Iroq JChning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
09:22 / 01.04.2026
O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi
02:23 / 31.03.2026
Husanov eng yaxshi bo‘ldi. O‘zbekiston – Venesuela o‘yinidan fotoreportaj
22:56 / 30.03.2026