31 martdan 1 aprelga ötar keçasi JÇ-2026 qit’alararo pley-off bosqiçida Kongo DR milliy jamoasi Yamayka milliy jamoasi bilan qöşimça yöllanma uçun maydonga tuşdi.

Qita’lararo pley-off.
Kongo DR – Yamayka 1:0
Gol: Tuanzebe 101.
Kongo DR – Mpasi-Nzau, Van-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Masuaku, Elia, Sadiki, Moutoussami, Mbuku, Bakambu, Vissa.

Meksikada bölib ötgan uçraşuv afrikaliklar jamoasining kiçik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

Öyindagi yagona golni 101-daqiqada himoyaçi Aksel Tuanzebe urdi va Kongo demokratik respublika jamoasini tarixda ikkinçi bor mundialga olib çiqdi. Afrika jamoasi ilk bor 1974 yilda JÇ saralaşidan ötgandi.

Tarkibida «Nyukasl» forvardi Yoan Vissa, «Vilyarreal» hujumçisi Sedrik Bakambu, «Vest Hem» himoyaçisi Aaron Van-Bissaka (avval «Mançester Yunayted»da öynagan), «Sanderlend» yarimhimoyaçisi Noa Sadiki kabi yulduzlari bölgan «leopardlar» jamoasi endi mundialda Özbekiston, Portugaliya va Kolumbiya bilan K guruhidan joy oladi.

AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötadigan jahon çempionati 11 iyun kuni boşlanib, 19 iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 jamoa iştirok etadi.