Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda NEV-avtomobillar davri: ADM yangi CKD zavodi qurilishini boshladi
2025 yil 26 dekabrda ADM kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodida yangi CKD zavodi - yaqin yillarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar (New Energy Vehicles - NEV), jumladan, elektromobillar va gibrid modellarni yig‘ish amalga oshiriladigan majmua qurilishiga start berildi. Ramziy vaqt kapsulasining qo‘yilishi nafaqat tantanali marosim, balki O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojlanishida yangi bosqichning boshlanish nuqtasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Foto: ADM
Tantanali marosim zavod hududida bo‘lib o‘tdi va yangi CKD zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlandi. Mazkur zavodda to‘liq ishlab chiqarish sikli (payvandlash, bo‘yash, yig‘ish) bo‘yicha xalqaro brendlarning NEV-avtomobillari ishlab chiqarilishi tashkil etilib, mahalliylashtirish darajasini oshirish, zamonaviy texnologik jarayonlarni joriy etish va ADM Jizzakh’ning mamlakat avtomobil sanoatining asosiy markazlaridan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamlash imkonini beradi.

Marosimda ADM kompaniyalar guruhi rahbariyati, korxona vakillari, shuningdek, mehmonlar va loyiha hamkorlari ishtirok etdi. ADM bosh direktori Daniyar Davletiyarov tabrik so‘zi bilan chiqish qildi:
«ADM Jizzakh yangi CKD zavodining qurilishi bizning ishlab chiqarishimiz va butun mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantirishda muhim qadamdir. Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalarga sarmoya kiritmoqdamiz, mahalliy yig‘ishni kengaytirmoqdamiz va yangi avlod avtomobillari — elektromobillar va gibridlar yo‘nalishini rivojlantirmoqdamiz. Ushbu loyiha bizning uzoq muddatli istiqbolimiz va O‘zbekiston avtomobil bozori salohiyatiga bo‘lgan ishonchimizni aks ettiradi».
Yangi CKD zavodi ADM ishlab chiqarish klasteri tarkibiy qismi bo‘lib, elektromobillarni mayda uzelli yig‘ish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Loyihaning amalga oshirilishi qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, avtomatlashtirish darajasini oshirish va mahsulotlarning xalqaro sifat standartlariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi.

ADM mahalliylashtirish, zamonaviy texnologiyalar va o‘z industrial bazasiga urg‘u bergan holda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich rivojlantirib bormoqda. Vaqt kapsulasining qo‘yilishi zavod nafaqat bugungi kun, balki butun sanoat istiqboli uchun faoliyat yuritayotganini yana bir bor eslatdi.
ADM: Instagram | Facebook | YouTube | X | LinkedIn
ADM Jizzakh: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Reqlama xuquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 25.02.2026
ADM uchun eksport strategiyasini oltita davlatdan 1000 nafar talaba ishlab chiqadi
16:59 / 10.02.2026
ADM va GWM o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda: TANK brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
19:00 / 28.08.2025
ADM Electrics yangi ishlab chiqarish binosida avtomobil sanoati uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni boshladi
18:59 / 09.01.2024