Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADM va GWM o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda: TANK brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
2026 yil 9 fevralda ADM kompaniyalar guruhi va Xitoyning Great Wall Motor (GWM) avtomobil konserni o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida TANK avtomobil brendini distributsiya qilishni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hujjat O‘zbekiston bozorida brendni rivojlantirish, dilerlik va servis xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini shakllantirish, shuningdek ADM kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi ADM Jizzax zavodida avtomobillarni mahalliy yig‘ishni tashkil etishni belgilaydi.
ADM kompaniyalar guruhi yengil va tijorat avtomobillarini distributsiya qilish, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika va lizing xizmatlari, shuningdek asl ehtiyot qismlar va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan.
TANK brendining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi HAVAL brendi distributsiyasi doirasida shakllangan ADM va GWM o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, u qisqa vaqt ichida barqaror o‘sish va iste’molchilar tomonidan yuqori talab mavjudligini namoyon etdi.

GWM TANK — bu SUV segmentidagi innovatsiyalar asosida GWM (Great Wall Motor) tomonidan ishlab chiqilgan premium toifadagi yo‘ltanlamaslar brendi hisoblanadi. TANK global professional intellektual yo‘ltanlamas platformasiga tayanib hamda «Qudratli, o‘ziga xos va erkin» mahsulot yaratish falsafasiga amal qilgan holda, yo‘ltanlamaslar segmenti evolyutsiyasida yetakchi o‘rinni egallaydi, foydalanuvchilar intiladigan yorqin va erkin turmush tarzini shakllantiradi hamda bozorda yangi standartlarni belgilaydi.
GWM (Great Wall Motor) — global intellektual texnologiya kompaniyasi bo‘lib, avtomobil qiymat zanjirining barcha bosqichlarini: dizayn, ilmiy tadqiqot va ishlanmalardan tortib, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatishgacha qamrab oladi. Kompaniya portfeliga SUV, pikaplar, yangi energiya manbalariga asoslangan avtomobillar, mototsikllar, og‘ir yuk mashinalari va lyuks toifadagi yo‘ltanlamaslar segmentlarida taqdim etilgan GWM HAVAL, GWM WEY, GWM TANK, GWM ORA, GWM POER va GWM SOUO brendlari kiradi.

GWM global ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar arxitekturasini (Xitoy, Germaniya, Hindiston va Yaponiya) shakllantirgan, shuningdek Xitoyda to‘liq siklli ishlab chiqarish bazalariga, Yevrosiyo, Tailand va Braziliyada to‘liq siklli xorijiy ishlab chiqarish quvvatlariga, shuningdek Ekvador, Malayziya, Pokiston va boshqa mamlakatlarda bir qator KD-zavodlarga ega. Bugungi kunga kelib, GWM’ning jahon bo‘yicha umumiy savdo hajmi 16 million avtomobildan oshgan.

TANK brendining O‘zbekiston bozorida paydo bo‘lishi mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki beradi. Loyiha yo‘ltanlamaslar segmentida modellar taklifini kengaytirish, raqobatni kuchaytirish hamda o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun zamonaviy, texnologik va premium toifadagi avtomobillarning ommabopligini oshirishga xizmat qiladi.
ADM: Instagram | Facebook | YouTube | X | LinkedIn
ADM Jizzakh: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:00
ADM va IZZY O‘zbekistonda yangi avlod mobilligini rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda
08:59 / 20.04.2026
ADM va Taewoong logistika habini ishga tushirmoqda: asosiy e’tibor e-commerce va mintaqaning yangi iqtisodiyotiga
15:00 / 25.02.2026
ADM uchun eksport strategiyasini oltita davlatdan 1000 nafar talaba ishlab chiqadi
17:00 / 16.01.2026