Jahon | 11:32 / 04.05.2020
30134
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston MSK Darig‘a Nazarboyevaning deputatlik vakolatlarini tugatdi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Darig‘a Nazarboyevaning deputatlik vakolatlarini tugatdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Foto:senate.parlam.kz

4 may kuni Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda «Parlament Senati deputati D.Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Senat deputati Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlari Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi 5-bandi, «Parlament va uning deputatlari maqomi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunining 24-moddasi 5- va 9-bandlariga muvofiq, prezidentning 2 maydagi 315-sonli «D.Nazarboyeva to‘g‘risida»gi farmoni asosida tugatildi.

2 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat senati deputati Darig‘a Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Nazarboyeva To‘qayev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, 2019 yil 20 martda Qozog‘iston parlamenti senatining raisi etib saylandi. 2 sentyabrda u ushbu lavozimga qayta tayinlandi.

Darig‘a Nazarboyeva 1963 yil 7 mayda Qarag‘anda viloyati Temirtau shahrida tug‘ilgan. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Siyosiy fanlar doktori, tarix fanlari nomzodi.

2016 yil 13 sentabr kuni Darig‘a Nazarboyeva senat deputatiga aylangan.

Mavzuga oid