Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev mamlakat senati deputati Dariğa Nazarboyevaning vakolatlarini tugatiş töğrisidagi farmonni imzoladi. U Qozoğiston parlamenti yuqori palatasining spikeri va sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning tönğiç qizidir. Bu haqda respublika rahbarining saytida xabar berilgan.

Nazarboyeva Töqayev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, 2019 yil 20 martda Qozoğiston parlamenti senatining raisi etib saylandi. 2 sentyabrda u uşbu lavozimga qayta tayinlandi.

Qozoğistonda senatni yaşirin ovoz beriş orqali senat a'zolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan saylangan rais boşqaradi. Senat raisi lavozimiga nomzodni Qozoğiston prezidenti senat deputatlari orasidan taqdim etadi. Şu tariqa, Dariğa Nazarboyeva endi Qozoğiston Respublikasi parlamentining senatini boşqarmaydi.

Dariğa Nazarboyeva 1963 yil 7 mayda Qarağanda viloyati Temirtau şahrida tuğilgan. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Kirov nomidagi Qozoğiston davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Siyosiy fanlar doktori, tarix fanlari nomzodi.

2016 yil 13 sentabr kuni Dariğa Nazarboyeva senat deputatiga aylangan.