O‘zbekiston | 14:50 / 14.07.2019
10954
2 daqiqa o‘qiladi

DTM matematika fan blokida informatikadan savollar bo‘lmasligi haqida rasman xabar berdi

«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi» tasdiqlandi.

«O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi yig‘ilishi 1-son bayoni 12-ilovasiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi» tasdiqlandi. 

2019/2020 o‘quv yilida «Matematika» fanidan beriladigan test topshiriqlari tarkibida «Informatika» fanidan savollar bo‘lmaydi. 

Mazkur bayon tasdiqlanguniga qadar matematika fani tarkibida informatika ham mavjud edi. Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilgan «Abituriyentning qayd varaqasi»da «Matematika (informatika bilan)» deb yozilgan. 

Bayonda keltirilgan fanlar majmuasida «Matematika» fani «Informatika»siz qayd etilgani sababli «Matematika» fanidan beriladigan test topshiriqlariga «Informatika» fanidan savollar qo‘shilmaydi.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvafaqqiyat tilaydi!», deyiladi DTM matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid