Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
U hayotda nimaga e’tibor qaratishni tanlayotgan talabalarga maslahat berdi.
Foto: TuckerCarlson / YouTube
Kompaniya tashkil qilish va loyihalarni boshqarishda asosiy mahorat matematika bilimidir, dedi Telegram asoschisi Pavel Durov.
U hayotda nimaga e’tibor qaratishni tanlayotgan talabalarga shunday maslahat berdi. Durov tushuntirganidek, matematika «doimiy ravishda miyaga tayanishni» va «mantiqiy fikrlashni», shuningdek, «muammolarni guruhlarga bo‘lish va ularni bosqichma-bosqich to‘g‘ri tartibda hal qilishni» o‘rgatadi.
«Bu sizga kompaniya tashkil qilish va loyihalarni boshqarish uchun kerak bo‘ladigan asosiy mahorat», deb yozdi u Telegram-kanalida.
Avvalroq Durov «o‘z salohiyatini to‘liq ochib berish va aql ravshanligini saqlash»ni istaganlarga ba’zi narsalardan voz kechishni maslahat bergan edi. Uning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatning siri shundaki, 20 yildan ortiq vaqt davomida spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, tabletkalar va giyohvand moddalardan butunlay voz kechgan.
Mavzuga oid
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026
Telegram Rossiyada deyarli to‘liq bloklandi
15:57 / 03.04.2026