Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Diktant.uz aksiyasi o‘tkaziladi
Foto: Getty Images
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Diktant.uz loyihasi amalga oshirilmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu loyiha mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yozma savodxonligini oshirishga qaratilgan.
Aksiya shu yilning 28 may kuni soat 15:00da Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan butun respublika bo‘ylab onlayn tarzida o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etiladi, hududlardagi OTMlarda ham shtablar tashkil etiladi.
Hozirga qadar 3035 nafar kishi undan ro‘yxatdan o‘tgan. Aksiyada ishtirok etish istagini bildirganlar www.diktant.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Mavzuga oid
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:46 / 31.10.2025
«Izoh qoldiring, yutasiz» - kiberfiribgarlikning yangi sxemasi
20:29 / 29.10.2025
Nvidia kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib $5 trln kapitalizatsiyaga erishdi
11:45 / 25.08.2025