Aksiya bozorlariga investitsiya kiritiş yoki treyderlik orqali daromad oliş mumkin, ammo kam pul tikib, oson va köp pul topiş ortidagi şov-şuvlarning köpi yolğon.

Aksiyani sotib olişda nimalarga e’tibor beriş kerak, nega hamma oldi-sotdilar joiz emas, qança vaqtda va neça pul bilan faoliyatni boşlasa böladi? Treyding sohasiga kiriş niyatidagilar nimalarni bilişlari muhim? Şu kabi savollarga Kun.uz'ning moliya savodxonligiga oid körsatuvi mehmoni - investitsiyalar va treyding böyiça mutaxassis Javlon Otaqulov javob beradi.

Köpçilik puldan faqat muomala vositasi sifatida foydalanadi. Lekin pulni jamğariş, boylikni köpaytirişni hamma ham uddalay olmaydi. Çunki bu örganiladigan könikma. Agar bugun kam miqdorda bölsa ham kompaniya aksiyalariga uzoq muddatli investitsiya qilsangiz, ertangi kuningiz moliyaviy barqaror bölişi mumkin. E, qöysang-çi, bu faoliyat mumkin emas-ku. Bu ham bir yolğon, infobiznes, deysizmi? Biroz adaşdingiz. Keling, bu haqda moliya bozorida sakkiz yillik xalqaro tajribaga ega mutaxassis Javlon Otaqulov fikrlari bilan tanişamiz.

— Javlon aka, treyding nima? Treyder kim?

— Treyding töğridan-töğri özbek tiliga tarjima qiladigan bölsak, oldi-sotdi qiliş, savdo qiliş degani va aynan moliya sohasida, moliya bozorlaridagi mavjud qimmatli qoğozlar bilan oldi-sotdi qiliş bu treyding deb ataladi. Qimmatli qoğozlar nima? Masalan, kompaniya aksiyasi bölişi mumkin yoki obligatsiya bölişi mumkin yoki boşqa turdagi moliyaviy şartnomalar. Treyder esa ana şu treyding sohasi faoliyatida şuğullanuvçi şaxs. Broker bölsa, bu vositaçi, sodda qilib aytganda. Ya’ni treyder yoki investor ma’lum bir qimmatli qoğozni sotib olişi uçun vositaçi kerak. Özi qimmatli qoğozlar birjada sotiladi, birjada töğridan-töğri oliş imkoni yöq va xaridor bilan sotuvçini taklif qilayotgan narxlarni bir-biriga moslab, boğlab beradigan vositaçi — bu broker.

— Tuşunarli, Javlon aka. Mavzuga tayyorlaniş paytida hamkasblar nima mavzuda böladi, deb söraşganida, treyding, deb aytganimda, infoqalloblikmi yoki bölmasam, halol emas-ku degan tuşunçalar bilan e’tiroz qilişdi. Şunga sizning fikringizni bilmoqçiman. Jamiyatda bu tuşunçalar qanday paydo bölgan yoki aslida ham şundaymi?

— Bunga sal batafsilroq töxtalişimiz kerak. Özi treyding juda ham katta soha. Xuddi, masalan, bozorga borib, qanaqadir oziq-ovqat mahsuloti olmoqçi bölganingiz kabi tanlov juda ham köp. Moliya bozorlarida ham şunaqa tanlov köpki, har xil turdagi mahsulotlar, biz bularni instrument deymiz, mavjud va ularning içida halol bölmagan instrumentlar ham köp. Va aynan oldi-sotdi qilişda ham halol bölmagan amaliyotlar köp. Ya’ni siz treyding bilan şuğullanmoqçi bölsangiz, aynan qaysi mahsulotlarni oldi-sotdi qilasiz, aynan qaysi yöllarda işlaysiz, qaysi amaliyotlar bilan şuğullanasiz, şuni birinçi yaxşilab örganib olişingiz kerak. Çunki treyding sohasi juda katta bölganligi sababli, unda ilk bor kirib kelayotgan odam osongina adaşib qolişi mumkin. Şuning uçun ulamolar, butun dunyo musulmon ulamolari birgalaşib işlab çiqqan şar’iy mezonlar bor. Agar öşa şar’iy mezonlarning hamma şartlariga muvofiq keladigan halol aksiyalar bilan, halol yöllarda savdo qiladigan bölsangiz, bu yöl, demak, joiz. Agar halollik mezonlariga javob bermaydigan, turli xil öşa nojoiz instrumentlar bilan savdo qiladigan bölsangiz, uni halol deya olmaymiz. Va endi bu soha infoqalloblik bölib ketişi yoki juda ham öşa ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, yoşlar orasida ommalaşib ketişiga sabab, endi buni ayrim treyderlar deymizmi yoki öşa biznesmenlar deymizmi, boşqaça talqin qilişlarida. Ya’ni osongina, kiçik pul bilan tezda boyib ketiş mumkinligini körsatib, reklamalar qilib, har xil, masalan, şov-şuv, hayp qilişi natijasida ijtimoiy tarmoqlarda juda köpçilikda şunaqa fikr şakllanib qolgan. Lekin öşa aytib ötganimizdek, bu yerda agar halollikka e’tibor qaratadigan bölsangiz, uning özining tartib-qoidalari bor va hamma instrumentda, hamma mahsulotlarda ham siz tezda, kiçik pul bilan boyib ketişingiz imkoniyati yöq. Har bir, masalan, juda ham yuqori foydaning orqasida juda ham yuqori risk turadi. Ya’ni siz tezda katta foyda qilmoqçi bölsangiz, köpçilik aytmaydi, uning ortida juda ham katta zarar köriş ehtimoli, ya’ni risk turişi bor...