Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nvidia kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib $5 trln kapitalizatsiyaga erishdi
Kompaniya aksiyalari so‘nggi bir necha yil ichida uning sun’iy intellekt chiplariga bo‘lgan yuqori talab tufayli faol o‘sib bormoqda.
Foto: Reuters
29 oktabr kuni NASDAQ birjasida savdolar ochilgandan so‘ng Amerikaning Nvidia texnologik korporatsiyasi aksiyalari 5 foizga oshdi. Uning kapitallashuvi 5,01 trillion dollarga yetdi. Shu tariqa, u jahon tarixida 5 trln dollardan oshgan birinchi kompaniyaga aylandi.
Nvidia aksiyalari so‘nggi bir necha yil ichida uning sun’iy intellekt chiplariga bo‘lgan yuqori talab tufayli faol o‘sib bormoqda. So‘nggi haftalarda uning aksiyalari o‘sishiga kompaniya tomonidan e’lon qilingan bir qator yirik bitimlar sabab bo‘ldi. 28 oktabr kuni u Finlyandiyaning Nokia kompaniyasiga 1 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Avvalroq u OpenAI’ga 100 mlrd dollar va Intel’ga 5 mlrd dollar sarmoya kiritish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. O‘tgan oy davomida Nvidia aksiyalari 15 foizga, 2025 yil boshidan esa 55 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Dunyoda kapitallashuvi eng katta kompaniyalar qatoriga Microsoft ($4,1 trln) va Apple ($4 trln) ham kiradi.
Mavzuga oid
09:46 / 31.10.2025
«Izoh qoldiring, yutasiz» - kiberfiribgarlikning yangi sxemasi
13:33 / 22.09.2025
Sun’iy intellekt ishchilarni yanada band qiladi
11:45 / 25.08.2025
TBC Bank OLX Uzbekistan’ni sotib oldi
08:10 / 17.07.2025