Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy liga. «Dinamo» yana peshqadam bo‘lib oldi
Oliy liganing 7-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» va «Dinamo» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Javohir Qahramonov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 26-daqiqada Dostonbek Hamdamov Mixail Naumov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib hisobni tenglashtirdi. Ushbu natija o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi. Natijada samarqandliklar o‘z tarixida ikkinchi marta Toshkentdan ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. So‘nggi marta jamoa uch yil muqaddam «Bunyodkor»ni mehmonda mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.
Ushbu durangdan keyin «Dinamo» hisobidagi ochkolar soni 13taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Bunyodkor» 6 uchrashuvdan keyin 9 ochko to‘plagan holda 4 jamoa bilan birga 6-9 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
Oliy liga. 7-tur
«Bunyodkor» – «Dinamo» 1:1 (1:1).
Gollar: Dostonbek Hamdamov (26) — Javohir Qahramonov (21).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Javohir Esonqulov, 56), Sardor Azimov (Mirjahon Mirahmadov, 65), Dilshod Ahmadaliyev, Davron Umirov, Otabek Shukurov, Xurshid G‘iyosov.
«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Javohir Qahramonov, Radu Rogak, Shoxruh Xolmatov, Damir Nizanov (Abdumalik Abdullayev, 59), Orif Mamajonov, Amirjon Safarov (Iskandar Xolmirzayev, 90+2), Abdujamol Isroilov (Firdavs Abdusalimov, 85)
Ogohlantirishlar: Davron Umirov (24), Sardor Azimov (63), Eldor Shomurodov (79).
Mavzuga oid
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
13:44 / 30.03.2025