Toşkentning «Bunyodkor» futbol klubida moliyaviy muammolar kuzatilyapti. Jamoa matbuot xizmati vakili Furqatbek Nişonovning ma’lum qilişiça, kommunal tölovlardan qarzdorlik sabab «Bunyodkor» stadioni va akademiyasi issiq va sovuq suv, şuningdek, elektrdan uzilgan.

«Yetib kelganimiz şu bölsa kerak, «Bunyodkor» stadioni, akademiyasida 2 oydan beri issiq suv yöq edi, oylik oxirgi marta dekabrda olganmiz, mana bugun butun akademiya va stadion hududida elektrni öçirişibdi. Aytgança, bu yil Özbekiston tarixda birinçi marta Jahon çempionatida qatnaşadi! Omad yor bölsin!» – deya yozdi Nishonov Facebook’dagi sahifasida.

Kun.uz bilan boğlangan klub vakilining sözlariga köra, «Özbekneftgaz» homiylik qilişni töxtatgaç, Rivaldo oldidagi qarzdorlik tölovlari ham katta muammoga aylangan.

«Rivaldoning 2028 yilgaça bölib tölaniladigan qarzining 2026 yilgisi 15 aprelgaça berilişi kerak edi, tölanmadi. Endi unga ham katta penyalar qöşiladi. Davlat beradigan 35 mlrdning 2/3 qismi Rivaldoga ketadi», deydi u.

Avvalroq, bir qator yirik davlat kompaniyalari futbol klublarini moliyalaştirişni töxtatgani xabar qilingandi. Masalan, «Özbekneftgaz» yil boşida «Bunyodkor», «Nasaf» va «Buxoro» klublariga homiylik qilişdan voz keçdi. 

35 mlrd sömlik moliyalaştiriş tizimi

Bu yilgi mavsumdan boşlab Özbekistonda futbol klublari töğridan töğri davlat budjetidan ham pul oladigan böldi. 27 mart kuni imzolangan qaror bilan, Superliga klublarining har biriga davlat budjetidan 2026 yilda 35 mlrd sömdan, 2027 yilda 30 mlrd sömdan, 2028 yilda esa 25 mlrd sömdan mablağ ajratiladi. Joriy yilda 16 ta klubga ajratilayotgan jami mablağ 560 mlrd söm bölib, bu – 45 mln dollardan ortiqroq summa demakdir.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 apreldan boşlab Superliga va Pro liga klublarining futbolçilari 3 yil muddatga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etiladi. Ular uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Bu imtiyozlar nafaqat futbolçilar, balki Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga tayyorgarlik doirasida milliy terma jamoalarga jalb etiladigan barça trenerlarga ham tegişli.