Jahon | 15:12 / 01.07.2019
43159
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada bir metr qalinlikda do‘l yog‘di

Meksikaning Gvadalaxara shahri do‘l yog‘ishi oqibatida muz qatlami bilan qoplandi, deb xabar berdi Economista nashri.

Foto: Ulise Ruiz/AFP

Nashrning ma'lum qilishicha, ayrim joylarda muzning qalinligi bir metr va undan ortiqroqni tashkil etgan. Mahalliy OAVdagi suratlardan yo‘llarni muz qoplab olganini ko‘rish mumkin. Bir necha binolar vayron bo‘lgan.

Foto: Ulise Ruiz/AFP
Foto: Ulise Ruiz/AFP
Foto: Ulise Ruiz/AFP
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS

Shtat fuqaro mudofaasi va yong‘in xavfsizligi boshqarmasi direktori Xalisko Viktor Ugo Roldanning so‘zlariga ko‘ra, do‘l yog‘ishi oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Diario de Mexico nashrining yozishicha, shaharni muz parchalaridan tozalashda harbiylar, fuqaro mudofaasi va mahalliy hokimiyat xodimlari qatnashmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid