Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida ta’mirlash ishlari sababli transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari doirasida Kichik halqa avtomobil yo‘lida frezalash, asfaltlash hamda quvur yotqizish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 2026 yil 28 mart soat 08:00 dan 31 mart soat 06:00 gacha KHAYning bir tomonlama (Chilonzor tumani) qismida — Lutfiy ko‘chasi kesishmasidan Asrlar sadosi ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Mazkur davrda ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi avtobuslar va boshqa transport vositalari uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi.
Mas’ullar yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026