Davlat obektlarini «nol» xarid qiymatida sotish amaliyoti bekor qilinadi
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan davlat obektlarini «nol» xarid qiymatida sotish va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ochiq savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi (Prezidentning 27.10.2020 yildagi PF-6096-son Farmoni 12-b. 2-xatboshisi).
Quyidagilarning muddati joriy yilning 1 dekabriga qadar uzaytirildi:
bozor va savdo komplekslarini boshqarish va bosqichma-bosqich xususiylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda xususiylashtirish to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni ularni unifikatsiya qilgan holda tasdiqlash.
Davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan olingan mablag‘larni taqsimlash tartibi o‘zgartirildi. Budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagi nisbatda taqsimlanadi:
- 87 foizi (ilgari – 73 foiz) –respublika budjetiga;
- 10 foizi (ilgari – 24 foiz) – Jamg‘armaga;
- 3 foizi – mablag‘larni maqsadli ravishda tadbirkorlik rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda Savdo-sanoat palatasiga.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obektlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 87 foizi tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetlariga teng ulushlarda yo‘naltiriladi.
Belgilanishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi (Prezidentning 19.06.2020 yildagi PQ-4755-son qarorining 5-b. «v» kichik b.).
Turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli bo‘lgan mulkiy komplekslar hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
- 75 foizi – tegishli turistik zonalar direksiyalari hisobiga;
- 25 foizi – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobiga.
Shuningdek, boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Ushbu farmon 11.02.2021 yildagi PF-6167-son farmonida belgilangan aktivlarni xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni taqsimlashga tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya prezidentiga isyon ayblovi e’lon qilindi
Jahon | 19:19
-
Rossiya va Ukraina armiyasi Donbass markazida yangi katta jangga kirishmoqda. Bu butun urush kulminatsiyasi bo‘lishi mumkin
Jahon | 19:09
-
Ilon Mask La-Mansh bo‘g‘ozi nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Jahon | 19:02
-
AQSh hukumati noqonuniy migrantlarni har kuni chiqarib yuborish rejasini e’lon qildi
Jahon | 18:09
Mavzuga oid
09:43 / 08.01.2025
O‘zbekiston noyabrda oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi
11:45 / 29.11.2024
Xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etiladi
07:50 / 25.09.2024
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
07:35 / 10.09.2024