Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi iyul-avgust oylarida qariyb 20 milliard so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldini oldi.
Xaridlar bo‘yicha eng ko‘p qoidabuzarliklar Qo‘qon obodonlashtirish boshqarmasi (6,3 milliard so‘m) va Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasida (1,7 milliard so‘m) qayd etilgan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, savdolar davomida raqobatni cheklaydigan, shuningdek, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar amalga oshirilgan.
Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, xaridorlarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, noqonuniy amalga oshirilgan xaridlar bekor qilindi.
Jumladan, Andijon viloyati misolida:
- Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 100 mln so‘mlik;
- Marhamat tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 200 mln so‘mlik;
- Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining 180 mln so‘mlik;
- Xonobod shahar Tibbiyot birlashmasining 645 mln so‘mlik;
Buxoro viloyati misolida:
- Jondor tuman Tibbiyot birlashmasining 210 mln so‘mlik;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 270 mln so‘mlik;
- Kogon shahar Tibbiyot birlashmasining 650 mln so‘mlik;
Jizzax viloyati misolida:
- Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyining 1 mlrd so‘mga yaqin;
Qashqadaryo viloyati misolida:
- Yakkabog‘ tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 150 mln so‘mlik;
- Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasining 1,7 mlrd so‘mlik;
Xorazm viloyati misolida:
- Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 1,1 mlrd so‘mlik;
- Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 1 mlrd 22 mln so‘mlik;














