Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi
Ta’kidlanishicha, gumondorlar «muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi» bo‘lgan.
Foto: Rossiya FXX
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rostov viloyati boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi «sodir etmoqchi bo‘lgan teraktning» oldi olinganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar Rossiya va bir qator mamlakatlarda taqiqlangan «Islom davlati» (ID, IShID) terrorchilik tashkiloti tarafdorlari bo‘lib, uchalasi ham og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tamoqda. Ulardan biri qotillik, ikkinchisi giyohvand moddalar savdosi, uchinchisi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlik uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.
Ta’kidlanishicha, gumondorlar «muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi» bo‘lgan. Ular batafsil harakat rejasini ishlab chiqqani, ammo uni amalga oshirishga ulgurmagani aytilmoqda. Tintuv chog‘ida ulardan terrorchilik tashkiloti bayrog‘i tasviri tushirilgan mato bo‘laklari va tig‘ topilgan.
Teraktga suiqasd moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:57
Ayrim o‘zbekistonliklar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmadi
08:52
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
20:35 / 01.04.2026
O‘zbekiston Rossiya aviakompaniyalari uchun asosiy xalqaro yo‘nalishga aylandi
13:21 / 01.04.2026