An-26 rusumli harbiy-transport samolyot Qrim osmonida uçiş vaqtida halokatga uçradi. Uning bortida bölgan ekipajning yetti a’zosi hamda 23 yölovçidan heç biri omon qolmagan.

«Qidiruv-qutqaruv guruhi An-26 samolyoti halokatga uçragan joyni aniqladi. Voqea joyidan berilgan hisobotga köra, ekipajning olti a’zosi hamda bortda bölgan 23 yölovçi halok bölgan», – deya mudofaa vazirligi bayonotidan iqtibos keltirgan «Interfaks» agentligi.

Çorşanba tongida Rossiya tergov qömitasi aniqlik kiritib, hodisa oqibatida jami 30 kişi halok bölgani, şundan yetti nafari – ekipaj a’zolari bölganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan RF JKning 351-moddasi (uçiş yoki unga tayyorgarlik köriş qoidalarini buziş) böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

«Samolyotga şikastlovçi ta’sir bölmagan. Dastlabki baholarga köra halokat sababi – texnik nosozlik», – deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Murmansk oblasti gubernatori Andrey Çibisning ma’lum qilişiça, Qrimda An-26 harbiy-transport samolyoti halokatga uçraşi oqibatida halok bölganlar orasida Şimoliy flot harbiy xizmatçilari ham borligini ma’lum qildi. 

U flotning aynan qança harbiysi halok bölganiga aniqlik kiritmagan.

Gubernator qurbonlarning oila a’zolariga yordam körsatilişini va’da qilgan.

Rossiya mudofaa vazirligi 31 mart kuni soat 18:00 atrofida An-26 harbiy-transport samolyoti bilan aloqa yöqolganini xabar qilgandi.

Samolyot anneksiya qilingan Qrim ustidan rejali parvozni amalga oşirayotgan bölgan.

TASS va RIA Novosti agentliklari manbalari «samolyot qoya urilib ketgani» haqida aytişgan.

Boşqa heç qanday tafsilotlar keltirilmagan.

An-26 harbiy-transport samolyoti SSSR armiyasiga 1975 yil may oyida qabul qilingan. U 1969–1986 yillarda Kiyev va Ulan-Ude aviatsiya zavodlarida işlab çiqarilgan. Samolyot örta masofalarga qöşin va texnikani taşiş uçun möljallangan.

Bu sönggi yillarda An-26 iştirokidagi birinçi halokat emas.

2020 yil sentabrida Ukrainaning Xarkiv oblasti hududida An-26 qulaşi oqibatida 26 kişi halok bölib, bir kişi tirik qolgan. Hodisa öquv-maşğulot parvozi çoğida röy bergan. Samolyot Çuhuyiv şahri atrofiga qulagandi.

2021 yil 6 iyulda esa Petropavlovsk-Kamçatskiydan Palana qişloğiga yölovçi reysini amalga oşirayotgan şunday samolyot qulagan edi. Versiyalardan biriga köra, halokatga yomon köriniş şaroitida uçuvçining xatosi sabab bölgan bölişi mumkin. Bortda bölgan 28 kişining barçasi – 22 yölovçi va ekipajning olti a’zosi halok bölgan.