«Dunyo» axborot agentligi xabar qilişiça, suhbat davomida Özbekiston tomoni 2026 yil 1 fevraldan 25 martgaça bölgan vaqt oraliğida ayrim fuqarolar Vladivostok xalqaro aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmaganini ma’lum qilgan.

Qayd etilişiça, Rossiya tomoni nazoratni kuçaytirgani va qöşimça tekşiruvlar joriy qilgani sababli Uzbekistan Airways va Centrum Air aviakompaniyalari parvozlar jadvaliga özgartiş kiritişga majbur bölgan. Bu esa Özbekistondan kelayotgan yölovçilar soni kamayişiga olib kelgan.

Uçraşuvda mazkur holat ikki davlat örtasidagi sayyohlik aloqalari va savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham salbiy ta’sir körsatayotgani ta’kidlangan. Jumladan, Navobod Naslli Parranda fermer xöjaligi va “AgroPtitsa” kompaniyasi örtasidagi 20 million dollarlik kelişuv doirasida Özbekistondan Primore hududiga inkubatsiya tuxumlarini yetkazib beriş jarayonida ham qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani aytilgan.

Şuningdek, muloqotda Primore hududida vaqtinça bölib turgan vatandoşlarning huquqlarini himoya qiliş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, migratsiya qoidalarini buzgani uçun uşlangan fuqarolar bilan boğliq holatlar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, ayni paytda Rossiyadagi vaqtinça saqlaş markazlarida yuz nafardan ortiq fuqaro saqlanayotgan bölib, ularni tezroq vatanga qaytariş masalasi ham körib çiqilgan.

Yevgeniy Volosastov öz navbatida uşbu masalalarni Primore hududidagi mas’ul idoralar bilan birgalikda körib çiqiş va vaziyatni yaxşilaş uçun qöşimça muzokaralar ötkazişga tayyorligini bildirgan. Şuningdek, u Özbekiston bilan hamkorlikni davom ettiriş va mintaqadagi Özbekiston fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratilişini ta’kidlagan.