Jahon | 16:34 / 05.09.2018
9948
2 daqiqa o‘qiladi

«Fukusima» radiatsiyasidan birinchi o‘lim holati qayd etildi

Foto: AFP

Yaponiya hukumati birinchi marta 2011 yilda «Fukusima» atom elektr stansiyasidagi avariyadan so‘ng sizib chiqqan radiatsiya oqibatida inson nobud bo‘lishi holatini qayd etishdi. Bu haqda Reuters Sog‘liqni saqlash, mehnat va aholi ijtimoiy ta'minoti vazirligi vakillariga asosan xabar bermoqda.

Idoradan xabar berishlaricha, 50 yoshdan oshgan erkak o‘pka saratoni tufayli vafot etgan. U «Fukusima»da avariyadan so‘ng kamida ikki marta bo‘lgan va turli atom elektr stansiyalarida ishlagan. Unda onkologik kasallik 2016 yil fevralida aniqlangan. Marhumning oilasiga tovon puli to‘lab beriladi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, radiatsiya ta'siri tufayli «Fukusima»ning to‘rt ishchisi xastalangan, bu ular orasida birinchi o‘lim holati, deya aniqlik kiritishdi vazirlikdan. Bundan tashqari, stansiyada avariya sodir bo‘lganidan keyin, yana uch ishchi halok bo‘ldi, ammo bu radiatsiyadan bo‘lmagan.

Atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, 160 mingdan ziyod kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Qochqinlar orasida o‘lim darajasining keskin o‘sishi kuzatildi, biroq rasmiylar qurbonlarga evakuatsiya, ruhiy jarohatlanish va tibbiy yordamdan foydalanmaslik bilan izoh berishgan. Hukumatning bildirishicha, radiatsiya bevosita o‘limga olib kelmagan.

Mavzuga oid