Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden teri saratoni bo‘yicha yana bir bor operatsiya qilindi
Oq uyning sobiq rahbari muolajadan keyin yaxshi tiklanayotgani ta’kidlanmoqda.
Foto: AP
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden teridagi saraton hujayralarini olib tashlash bo‘yicha yana bir operatsiyani boshdan kechirdi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.
Baydenning vakili siyosatchi teri saratonining eng keng tarqalgan shakllarini davolashda qo‘llaniladigan Mos operatsiyasidan o‘tganini aytdi. Jo Baydenning o‘zi muolajadan keyin yaxshi tiklanmoqda.
Operatsiyaning aniq sanasi aytilmagan. Ammo o‘tgan oyda uning fotosuratlari e’lon qilindi, unda boshidagi katta chok ko‘rinib turibdi.
18 may kuni Jo Baydenga metastazli prostata saratonining tajovuzkor shakli tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
AQSh amaldagi prezidenti Donald Tramp bu ma’lumotning o‘z vaqtida e’lon qilinganiga shubha bildirdi, biroq sobiq hamkasbiga salomatlik tiladi. 2023 yil mart oyida Jo Bayden teridagi xavfli o‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
21:21
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
14:27
Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”
14:09
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
12:41