Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat va Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasini tasdiqlash tartibi o‘zgardi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi 522–II-sonli Qonunining 35-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«35-modda. Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasi
Qonunchilik palatasining xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Qonunchilik palatasi devoni tomonidan Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi bilan birgalikda tuziladi.
Qonunchilik palatasining kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Qonunchilik palatasining xarajatlari smetasi Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi xarajatlarining tasdiqlangan smetasi uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi».
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi 523–II-sonli Qonunining 34-moddasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«34-modda. Senatning xarajatlari smetasi
Senatning xarajatlari, shu jumladan parlamentlararo va xalqaro hamkorlikka doir xarajatlari smetasi Senat devoni tomonidan Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda tuziladi.
Senatning kelgusi yil uchun xarajatlari smetasi har yilgi indeksatsiya hisobga olingan, joriy yildagi haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Senatning xarajatlari smetasi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Senat xarajatlarining tasdiqlangan smetasi uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantiriladigan loyihasiga kiritish uchun joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi».
Mavzuga oid
09:31 / 19.02.2026
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
11:54 / 16.02.2026
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
21:55 / 14.02.2026