Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yangilanadi: operatorlar reyestri yuritiladi
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish maqsadida oziq-ovqat biznesi operatorlarining reyestrini yuritish va xavfni tahlil qilishga asoslangan nazorat tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
“Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat oziq-ovqat biznesi operatorlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ular faoliyatini xavf darajasi asosida baholash hamda davlat nazoratini yangi mexanizmlar asosida tashkil etishni nazarda tutadi.
Loyihaga ko‘ra, oziq-ovqat biznesi operatorlari davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron so‘rovnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Reyestrni yuritish vazifasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga yuklanadi.
Shu bilan birga, operatorlar xavflilik darajasiga ko‘ra toifalarga ajratiladi va ular faoliyati ustidan davlat nazorati xavfni tahlil qilishga asoslangan tizim orqali amalga oshiriladi. Oziq-ovqat obektlari va mahsulotlari belgilangan xavfsizlik talablariga javob bermagan hollarda vakolatli organlar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi nazarda tutilgan.
Qaror loyihasiga muvofiq, Sog‘liqni saqlash, Adliya va Raqamli texnologiyalar vazirliklari uch oy muddatda YaIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda murojaatlarni har bir bosqichda kuzatib borish tartibini joriy etishi lozim.
Adliya vazirligi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi hamda ma’muriy reglament talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralarini qo‘llaydi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi esa manfaatdor idoralar bilan birgalikda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirishi belgilangan.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
17:38 / 11.06.2026
Prezident huzurida baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish choralari muhokama qilindi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
19:05 / 26.04.2026