Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kanani yoqishga uringan erkak o‘rmonga o‘t qo‘yib yubordi
Yong‘in oqibatida 12 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari yonib ketdi. Sud gumonlanuvchini hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi.
Foto: tgrthaber.com
Turkiyaning Manisa provinsiyasi sudi qarori bilan kanani o‘ldirishga urinib, 12 gektar maydonda o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqargan erkak hibsga olindi.
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Besh kun ichida mamlakatda 340 dan ortiq yong‘in o‘choqlari qayd etildi.
«Manisadagi yong‘in 12 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini yo‘q qildi. Jandarmeriya yong‘in sabablarini tergov qilish vaqtida Ozjan Tashxan ismli fuqaroni qo‘lga oldi va yong‘in uning aybi bilan yuzaga kelganini aniqladi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, so‘roq vaqtida Tashxan kana chiqqan yostiqni yoqqan va uni bog‘ga uloqtirib yuborgan. Sud Tashxanni hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi.
Qayd etilishicha, Turkiyaning shimoliy provinsiyalari har yili kanalar bosqinidan aziyat chekadi, ammo bu yil jazirama sabab Istanbul va Antalyada ham kanalar paydo bo‘lgan.
Sivas provinsiyasida yil boshidan beri o‘n kishi kana chaqishi oqibatida yuzaga kelgan Kongo-Qrim gemorragik bezgagi oqibatida vafot etgan.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026