Qora dengiz orqali Rossiyaga yöl olgan Elbus neft tankeri 7 yanvar kuni dron hujumiga uçradi. Şundan söng u Turkiya sohil xizmati yordamini söradi va yönalişini özgartirdi. Reuters agentligi Britaniyaning kemalar qatnovi böyiça ma’lumotlarga ixtisoslaşgan Lloyd's List Intelligence kompaniyasi xabari hamda dengiz xavfsizligi sohasidagi manbaga tayanib bildirişiça, payşanba kuni, 8 yanvarda tanker Turkiyaning Inebolu portidan bir neça kilometr masofada, avvalgi yönalişidan çetga çiqqan holda töxtagan.
Lloyd's List Intelligence ma’lumotiga köra, Palau bayroği ostida suzuvçi Elbus kemasiga “uçuvçisiz dengiz apparati va dron” hujum qilgan, zarba tankerning maşinalar bölimiga qaratilgan bölgan. Kompaniya bildirişiça, 25 nafar ekipaj a’zosidan heç kim jabrlanmagan, dengiz ifloslanişi ham qayd etilmagan. Şuningdek, Lloyd's List Intelligence tanker Singapurdan Novorossiyskka yöl olganini xabar qildi. Reuters’ning xavfsizlik sohasidagi manbasi ham bu voqeani dron hujumi bilan boğladi.
Turk OAV ma’lumotlariga köra, Turkiya sohil xizmati tankerni Inebolu portigaça kuzatib borgan, u yerda kema töxtagan. Haberler.com yozişiça, Turkiya sohilidan 30 dengiz milyasi (55,6 km) uzoqlikda sodir bölgan dron hujumi oqibatidagi şikastlaniş darajasini sohil xizmati mutaxassislari baholamoqda.
“Mediazona” naşri qayd etişiça, Elbus tankeri 2014 yilgaça Rossiyaning “Sovkomflot” kemaçilik kompaniyasiga tegişli bölgan, keyin esa röyxatdan ötgan mamlakati bir neça bor özgargan. Naşr, jumladan ayrim Telegram-kanallarga tayanib, Elbus Rossiyaning “soya floti” tarkibiga kiradi, deb yozadi.
Sönggi oylarda Qora dengizda şunga öxşaş hodisalar bir neça bor qayd etilgan. Masalan, dekabr örtalarida Ukrainaning Sea Baby dronlari Rossiyaning “soya floti”ga kiritiladigan tankerlardan biri — Daşan’ga zarba bergan. Boşqa zarbalar esa dekabr boşi va noyabr oxirida amalga oşirilgan.

















