Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi oshiriladi – “Hududgazta'minot” AJ raisi
Foto: Hududgazta'minot
“Kelayotgan kuz-qish mavsumida xalqimizni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi”, – dedi “Hududgazta'minot” AJ raisi Bahodir Eshmurodov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti tomonidan kuz-qish mavsumiga hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 286 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish hisob qilingan bo‘lsa, ushbu hajmni 400 ming tonnaga yetkazish belgilab berilgan.
Suyultirilgan gazni yetkazib berishda olis va tog‘li hududlardagi aholiga alohida e'tibor berish, yetkazib berish texnikalarini tayyorlash, suyultirilgan gaz zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.,
“Jamiyatimiz ishini qaytadan ko‘rib chiqib, mazkur kuz-qish davrida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab, ishlarni to‘laqonli amalga oshiramiz va kelayotgan kuz-qish mavsumida xalqimizni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlash bo‘yicha barcha choralar ko‘riladi”, – dedi Bahodir Eshmurodov.
Mavzuga oid
17:49 / 12.12.2025
Barcha hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
19:17 / 12.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar asossiz - “Hududgazta’minot”
12:57 / 07.09.2025