28 iyul kuni AOKA majlislar zalida Ekologiya vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbir yakunida Kun.uz muxbiri tomonidan Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida qurilişi rejalangan avtomobil yöllari sabab kesiliş xavfi ostida qolayotgan 70 mingga yaqin daraxt masalasida vazirlik boşqarma boşliği Abduraşid Sodiqovdan izoh söraldi.
— Şu kunlarda Buxoro va Surxondaryo viloyatida avtomobil yöllari qurilişi uçun 70 mingga yaqin daraxt kesilişi haqida xabarlar yuribdi va bu köpçilikning xavotiriga, e’tiroziga sabab bölyapti. Mana şu yöl loyihasi haqida gapirsangiz. U qaysi taşkilot tomonidan qilingan? Bunda nega daraxtlar masalasi inobatga olinmagan va vazirlik bunga qanday munosabat bildiradi?
— Rostdan hozirda dolzarb bölgan masala bu. Loyiha böyiça yöl Qaşqadaryoning Ğuzor tumanidan boşlanib Qozoğistonning Benov şahrigaça böladi, ya’ni A-380 trassasi haqida gap ketyapti. Loyiha bölgaç, vazirlik daraxtlarni xatlovdan ötkazgan. Buxoro viloyati hududida 31 mingta daraxt kesilişi möljallangan bölsa, şularning 30 mingtasi saksovulga töğri keladi. Vazirlik bunga rad javobini bergan va joylardagi nazoratçilarimiz qattiq nazoratga olgan. Loyiha böldi degani hali kesiladi deganimas. Prezident qarori va vazirimiz körsatmalari bilan daraxtlarni noqonuniy kesiş oğir jinoyatlar turiga ötkazildi. Bu narsadan boşqa taşkilot mutasaddilarining ham xabari bor va oqibati qanday bölişini bilişadi.
Daraxtlarni kesiş haqida umuman gap-söz bölişi mumkin emas. Juda zarur bölgan paytda ham köçirib ötkaziş amaliyoti qöllanişi mumkin. 24 iyul kuni loyiha rahbari bilan gaplaşdik. Bu loyiha Xitoy bankidan kridet olinib moliyalaştirilyapti ekan. Uçraşuvda duşanba kunidan işçi guruh borib joylarni örganib, daraxtlarni saqlab qoladigan tarzda loyihani qayta körib çiqiş taklif etildi.
— Buxoroda aksariyat saksovul bölsa-da (lekin u ham yaşillik va kesilişiga qarşimiz), Surxondaryoda aynan daraxtlar kesilişi kutilyapti. Bu holatga qanday izoh berasiz?
— Surxondaryoda 21 ming 800 ta daraxt kesiliş rejasiga tuşgan. Bandixon, Boysun tumanlari hududiga töğri keladi bu. Bu daraxtlar ham örganilib çiqilgan va umuman kesişga ruxsat berilmaydi. Maksimal tarzda daraxtlarni saqlab qolişga harakat qilamiz. Loyihani qayta körib çiqiş taklifi berildi.
— Buxoro ham, Surxondaryo ham ekologik jihatdan oğir hududlar. Maksimal saqlab qoliş emas, umuman kesilmasligiga harakat qiliş kerakmasmi?











