Toshkentda 37 tup daraxtni kesib ketgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chilonzor tumani Bo‘rijar kanali bo‘yidagi manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxtlar nobud qilindi. Daraxtlarni kesib ketgan 3 kishi aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 207 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Bo‘rijar kanali bo‘yidagi daraxtlarni kesib ketgan shaxslar topildi. Bu haqda Kun.uz’ga Chilonzor tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i Shukrullo Abdurahmonov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, hozirda huquqbuzarlarni jinoiy javogarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
“Ushbu noqonuniy harakatni amalga oshirgan fuqarolar aniqlandi. Hozirda tergov jarayonlari olib borilmoqda. Ular jami 37 tup daraxtni tag qismidan kesib ketishgan. Tabiatga zarar miqdori 207 mln so‘mni tashkil qiladi”, deydi Shukrullo Abdurahmonov.
Kanal bo‘yidan daraxtlar kesib ketilayotganligini Kun.uz’ga hududda yashovchi fuqaro bildirgandi. Unga ko‘ra, bu holat bir kunda sodir bo‘lmagan, huquqbuzarlar vaqti-vaqti bilan tunda kelib, 2-3 tadan daraxtni kesib ketavergan.
“Ekilgan daraxtlar hammasi mevali edi, o‘tgan-qaytgan yer edi. Kechasi kelib kesib ketishyapti. Kimligini bilmayman. Bir haftadan beri davom etyapti. Bugun archa yiqilganidan keyin chidolmadim. Keyin ekologiyaga murojaat qildim, arizani qabul qildim dedi, bu yerda kameralar bor, kimligini aniqlasa bo‘ladi. Katta oq tut, olma, o‘rik daraxtlari bor edi. Hammasini kesib, pastga olib tushirib tashlashgan, qo‘shnimda kamera bor, undan chiqmadi, ular boshqa tomondan kelgan deb aytdi. Hech kimdan so‘ragani yo‘q, bu joy davlatga tegishli”, degan edi shu yerda yashovchi Zokir Siddiqov.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining Kun.uz’ga tasdiqlashicha, daraxtlarni kesganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
-
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
Jahon | 10:48
Mavzuga oid

11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

10:28 / 21.04.2025
Toshkentda 10 dan ortiq mashinani urib ketgan Gentra'da bo‘lgan 3 kishi qamaldi

17:33 / 20.04.2025
«5-6 ta mashinani urdik». Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi

22:10 / 19.04.2025