Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston festivallar mamlakatiga aylanmoqda: Madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar yagona taqvimi tasdiqlandi
O‘zbekistonda 2018 yil uchun madaniy-ko‘ngilochar, sport, ko‘rgazma va boshqa ommaviy tadbirlar yagona taqvimi tasdiqlandi. Mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar takliflaridan kelib chiqib, endi O‘zbekistonda muntazam ravishda madaniy-ko‘ngilochar, sport, ko‘rgazma va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan bo‘ldi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bu haqida KUN.UZ'ga xabar berdi.
2018 yil uchun madaniy-ko‘ngilochar, sport, ko‘rgazma va boshqa ommaviy tadbirlar yagona taqvimiga ko‘ra, endi O‘zbekistonning turli nuqtalarida muntazam ravishda rang-barang festivallar, shaharlar kunlari, sayllar, milliy o‘yinlar, tanlovlar va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
Kuni kecha o‘tkazilgan "Boysun bahori" festivali bu tadbirlar zanjiriga start berdi.
Oldinda mamlakatimiz aholisi va mehmonlarini Yevropa kinosi fetivali, Xiva milliy boyliklari festivali, "Ipak va ziravorlar" festivali, "Shahrisabz - hunarmandlar shahri" festivali, "Buxoro shahri kuni" festivali, o‘zbek-turkman an'analarini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar kabi ko‘plab tadbirlar kutmoqda.
Endi xalqaro aeroport, vokzal va nazorat-o‘tish punktlaridagi kioskalarda chet ellik sayyohlar uchun Yagona taqvim va chora-tadbirlar rejasi taqdim etiladi.
Hujjatga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga oylik tadbirlar taqvimini tayyorlash va ularni belgilangan tartibda targ‘ib qilish vazifasi topshirildi. Shuningdek Tashqi ishlar vazirligi "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bilan hamkorlikda respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari yordamida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar orasida Yagona taqvim va chora-tadbirlar rejasi targ‘ibotini yo‘lga qo‘yishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
19:01 / 12.01.2026